KXDR AQShning inson huquqlari sohasidagi dushmanlik siyosatiga nisbatan eng qat’iy choralarni ko‘radi. Bu haqda “TASS” respublika TIV vakiliga tayanib xabar beradi.
Bunga AQShning Yaponiya va Yevroittifoq ko‘magida Shimoliy Koreyaning ushbu sohadagi vaziyati yuzasidan rezolyutsiya loyihasini tayyorlab, uni BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga urinishlari sabab bo‘ldi.
“Vashington Pxenyan va xalqaro tashkilot o‘rtasida qarama-qarshilikni yuzaga keltirishga intilmoqda”, — deyiladi TIV vakilining mahalliy gazetada chop etgan bayonotida.
Diplomatning fikricha, AQSh “inson huquqlarini qasddan buzuvchi davlat bo‘lib, u jinoiy harakatlari uchun, jumladan, butun dunyo bo‘yicha Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiy qamoqxonalarini tashkil etganligi hamda Afg‘oniston va Iroqning tinch aholisini o‘ldirganligi uchun jazoga tortilishi kerak”.
Izoh (0)