Futbol bo‘yicha Trinidad va Tobago terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi David Naxid FIFA prezidentligi uchun saylovda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni topshirdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Naxidning saylovoldi shtabi vakilining ma’lum qilishicha, tegishli hujjatlar FIFAga yuborib bo‘lingan.Avvalroq FIFA prezidenti o‘rni uchun kurashish istagini Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa, Iordaniya shahzodasi Ali bin al-Husayn, UEFA rahbari Mishel Platini (90 kunga futboldan chetlatilgan), Janubiy Koreya futbol uyushmasining sobiq prezidenti Chon Monjun (olti yilga futboldan chetlatilgan), Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi sobiq bosh murabbiyi Ziko va Nigeriya terma jamoasi sobiq futbolchisi Segun Odegbami bildirgan edi.
Xalqaro futbol tashkilotining yangi rahbari saylovi 2016-yil 26-fevral kuni bo‘lishi kutilayotgani edi, biroq oktabr oyida saylov kechroq muddatga qoldirilishi mumkinligi haqida axborot paydo bo‘ldi. Nomzodlar o‘z arizalarini 26-oktabrga qadar FIFAga topshirishi kerak.
Izoh (0)