Buyuk britaniyalik Jane Uitlok o‘zining birinchi modellik bitimini 95 yoshida imzoladi. Bu haqda Webblack nashrining ma’lumotlariga tayangan holda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Ta’kidlash lozimki, fotomodellik biznesida bor yo‘g‘i o‘n kun faoliyat ko‘rsatib kelayotgan nafaqadagi ayol, qisqa muddat ichida muxlislar e’tiboriga sazovor bo‘ldi.
Tajribali britaniyalik fotosuratchilarning aytishicha, 95 yoshli Janeda yosh fotomodelchilarda mavjud bo‘lmagan narsa bor. Mutaxassislar esa hamma gap hayotiy tajribada, deb hisoblamoqda.
Fotosuratchilarning qayd etishicha, Jane Uitlok suratga tushishda kutilgan mazmunni yetkazib bera olish qobiliyatiga ega.
Izoh (0)