Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati harbiy politsiya rahbariyati askar va ofitserlarga xizmat chog‘ida smartfon va planshetlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi buyruqni e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Hujjatga ko‘ra, ushbu tartibga bo‘ysunmaslik og‘ir qoida buzish hisoblanib, harbiy xizmatchiga nisbatan turli darajadagi tekshirishlarni o‘tkazishga asos bo‘ladi.
Buyruq mualliflarining fikriga ko‘ra, smartfonlarda mavjud WhatsApp kabi dasturlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi turli chatlar o‘zining qulayligiga qaramasdan, xizmat maqsadlarida foydalanilmasligi kerak.
“Bu majburiyatlarni bajarishga xalaqit beradi, shuningdek, xavfsizlik, xizmat sifati va unumdorligi masalalarini shubha ostiga qo‘yadi”, — deb hisoblaydi shtat harbiy politsiyasi.
Izoh (0)