AQShning General Electric (GE) ko‘p tarmoqli korporatsiyasi o‘zining GE Capital deb nomlangan moliyaviy bo‘linmasining 32 milliard AQSh dollari qiymatiga yaqin bo‘lgan aktivlarini AQSh, Kanada va Puerto-Riko davlatlarida turli xil moliya va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib keluvchi, AQShning eng katta banklaridan biri hisoblangan Wells Fargo’ga sotmoqda. Bu xaqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
GE’ning taqdim etgan xabariga ko‘ra, 2016-yilning birinchi choragida tuzib bitilishi kutilayotgan bitimga ko‘ra, GE Capital’ning 3 000 nafar xodimi Wells Fargo’ga o‘tadi. Sotilayotgan aktivlarning yakuniy sof hajmi 30 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Bitimning moliyaviy mazmundagi shartlari oshkor etilmayapti.
Joriy yilning aprel oyida GE moliyaviy bo‘linmasini qisqartirish yo‘li bilan kompaniya tizimini ixchamlashtirishini va asosiy e’tiborni sanoat tadbirkorligiga investitsiya kiritish va uni rivojlantirishga qaratishini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)