“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aksiyadorlik kompaniyasi 2016-yilning mart oyida Toshkent—Lahor reysini yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda UzDaily O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furqat Sodiqov ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Furqat Sodiqov Pokiston senati tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Nuzxat Sodiqiy bilan uchrashuvi davomida O‘zbekiston Pokiston bilan ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishidan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.
Kompaniya, shuningdek, Toshkent—Islomobod yo‘nalishidagi reysni ham yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Oldinroq Furqat Sodiqov 2015-yilning noyabr oyida Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifning O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)