“Rossiya go‘zali 2015” go‘zallik tanlovining ishtirokchilaridan biri Violetta Igoshina Sochida RF prezidenti Vladimir Putin bilan selfiga tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Prezidentga yaqinlashish taqiqlanganligiga qaramasdan, u bilan selfi olishga muvaffaq bo‘lgan modelni sochilik tomoshabinlar olqishladi. OAVning ma’lum qilishicha, Putin “Formula 1” Gran-prisi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan qaytayotganda, 20 yoshli Igoshina undan o‘zi va dugonasi bilan birgalikda selfiga tushishni iltimos qilgan.
Putin rozi bo‘lgan va qo‘riqchilariga hammasi joyida ekanligini ishora qilgan.
“Endi bu voqeani nabiralarimizga aytib beramiz”, — deb xursand bo‘ldi model.
Izoh (0)