Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Iqtisodiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofoti “iste’mol, qashshoqlik va farovonlik tahlili”ni olib borgani uchun AQShdagi Prinston universiteti olimi Engus Ditonga nasib etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

“Uning tadqiqotlari qashshoqlik ko‘lamlarini taqqoslashdagi ko‘plab ko‘rinmas jihatlarni aniqladi. U, shuningdek, uy iste’moli haqidagi ma’lumotlardan ongli ravishda foydalanish daromad va kaloriya iste’moli o‘rtasidagi munosabat, shuningdek, oilada jinsiy kelib chiqishga ko‘ra tahqirlash darajasini ham ko‘rsatishini bayon qilib berdi”, — deyiladi Nobel mukofoti qo‘mitasi bayonotida.

Ma’lumot uchun, 2015-yilgi mukofot miqdori 8 million shved kronasi yoki 953 ming dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Tinchlik yo‘nalishidagi Nobel mukofotini “2011-yildagi ‘jasmin inqilob’dan so‘ng Tunisda plyuralistik demokratiyani tashkil eta olgani uchun” Tunisdagi milliy muloqot to‘rtligi qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda