11-oktabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi, deya xabar bermoqda “Olamsport”. Qizlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida o‘zbekistonlik FIDE ustasi Gulruhbegim Tohirjonova (2188) oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kumush medal hindistonlik Ivana Mariya Furtado (2259)ga nasib etdi. Ikkala shaxmatchi ham 7,5 ochkodan jamg‘ardi. Lekin qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, O‘zbekiston vakilasi g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Tohirjonova standart, rapid va blits yo‘nalishlarida 3 ta oltin medal bilan mutlaq Osiyo chempioniga aylandi.
Izoh (0)