Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Turkiyadagi terrorchilik harakati qurbonlari soni 95 kishiga yetdi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Bundan tashqari, 246 kishi shifoxonada bo‘lib, ulardan 48 nafari jonlantirish bo‘limidadir. Hozircha Turkiyadagi terrorchilik guruhlaridan hech biri terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Eslatib o‘tamiz, 10-oktabr, shanba kuni tongda shahar markazidagi vokzal binosi yaqinida bitta yoki bir necha portlash yuz berdi. Terakt yuz bergan vaqtda vokzal oldidagi maydonga kurd tuzilmalari va Turkiya hukumatini yarashishga chaqirish maqsadida tashkil etilgan namoyish bo‘layotgan edi.
Ushbu terakt tufayli Turkiyada uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)