Buyuk Britaniya o‘lim uchun eng yaxshi sharoitlar yaratilgan mamlakatlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda Huffington Post. Bunda gap qariyalarni boqish darajasi haqida bormoqda.
Britaniyaning Economist Intelligence Unit kompaniyasi tomonidan tuzilgan ro‘yxatga jami 80 ta davlat kirdi. Reytingda tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati va uning sifati, palliativ ko‘mak (kasalga vaqtincha yengillik beruvchi dori yoki vosita) qay darajada ekanligi kabi beshta omil hisobga olindi.
Yuqori beshlikka Avstraliya, Yangi Zelandiya, Irlandiya va Belgiya ham kirdi. Reytingda eng so‘nggi pog‘onani Iroq egalladi.