NATO Afg‘onistondagi vaziyatni tahlil qilib chiqib, mazkur mamlakatdagi missiyani davom ettirishga zarurat bor-yo‘qligini dekabrda muhokamaga qo‘yadi. Bu haqda, Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Grushkoga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Grushkoning so‘zlariga ko‘ra, harbiylarga Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha tahlil tayyorlash haqida ko‘rsatma berish hamda NATOga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining dekabrda bo‘ladigan navbatdagi majlisiga NATOning Afg‘onistonga qanchalik zarurligi haqida hisobot berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Bunda gap, Rossiya vakilining qayd etishicha, “eng avvalo, Afg‘onistondagi aksilterror operatsiyalarini davom ettirayotgan AQSh haqida bormoqda”. Grushkoning ta’kidlashicha, NATO operatsiyani davom ettirish muddatlarini ham belgilab olishi kerak.
Izoh (0)