10—17-oktabr kunlari Toshkentda navbatdagi “Chellenjer” erkaklar tennis turniri bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Professional tennischilar uyushmasi boshchiligida o‘tkaziluvchi ushbu turnirning mukofot jamg‘armasi 125 ming dollardan iborat. Turnir Toshkentda sakkizinchi marta o‘tkazilmoqda. Unga dunyoning eng kuchli sportchilari kelishi kutilmoqda.
Olimpiya zaxiralari respublika tennis maktabi kortiga chiqish uchun avval turnirda g‘alaba qozongan to‘rt nafar o‘yinchi tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bular o‘tgan yilgi chempion Lukash Latsko (Slovakiya), 2013-yilning chempioni Dudi Sela (Isroil), 2012-yilda birinchi o‘rinni egallagan belarus Vladimir Ignatik va turnirning 2011-yildagi g‘olibi o‘zbekistonlik Denis Istomin.
Turnirda, shuningdek, Rossiya, Germaniya, Ispaniya, Hindiston, Chexiya, Xorvatiya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Italiya, Yaponiya, Gruziya, Polsha, Gollandiya va Janubiy Koreya vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh (0)