Rossiya samolyotlari 8-oktabr, payshanbaga o‘tar kechasi Suriyaga 22 harbiy parvozni amalga oshirib, terrorchilarning 27 obyektiga zarba berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkov ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Bombardimonchilar tomonidan jangarilarning Xoms viloyatidagi sakkizta tayanch punktiga hujum qilindi. Nishonlarni o‘qqa tutish natijasida jangarilarning fortifikatsion inshootlari to‘liq vayron etildi”, — dedi Konashenkov.
Shuningdek, hujumchi samolyotlar Xama va Rakka viloyatlaridagi IShID jangarilarini tayyorlovchi lagerlar joylashgan 11 ta hudud bo‘yicha zarba berdi.
“Hujumlar natijasida terrorchilarni tayyorlashda foydalaniluvchi infratuzilma yo‘q qilindi”, — deb ta’kidladi Mudofaa vazirligi vakili.
Izoh (0)