Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir viloyatining Silvan shahrida yuz bergan portlash oqibatida bir bola halok bo‘ldi, yana uch bola tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Portlash maktab bog‘ida yuz bergan — bolalar bog‘dan portlovchi qurilma, katta ehtimol bilan, qo‘l granatasini topib olgan va u bilan o‘ynashni boshlagan.
Portlash oqibatida to‘rt bola tan jarohati olgan, ulardan biri kasalxonada vafot etgan.
Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan.
Izoh (0)