Moskvada Heliopark Hotels mehmonxonalar tarmog‘i rahbari Aleksandr Gusakov hibsga olindi. Bu haqda, Rossiya IIVga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Rossiya IIV vakili Yelena Alekseyevaning ma’lum qilishicha, Gusakov 26 million dollarni talon-toroj qilish ishi bo‘yicha gumon qilinmoqda.
IIV rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, mehmonxonalar tarmog‘ining rahbari shaharni tark etmaslik haqidagi tilxatga imzo chekkaniga qaramay, Rossiyani tark etishga uringan.
Gusakov aeroportda hibsga olingan, Taganskiy tuman sudi ishbilarmonni ikki oyga hibsga olish uchun sanksiya bergan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Gusakov talon-toroj qilgan deb gumon qilinayotgan 26 million dollar — biznesni rivojlantirish uchun olinib, oxir-oqibat qaytarilmagan kreditdir.
Izoh (0)