Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollaridan iborat “Fyuchers” turkumiga kiruvchi Shymkent Open musobaqasi davom etmoqda. Ushbu turnirda o‘zbekistonlik tennischilar ham ishtirok etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Turnirning juftlik bahslarida uchinchi raqam ostida tasniflangan Jo‘rabek Karimov va Sanjar Fayziyev hamkorligi yarim finalga yo‘llanma olgan edi. Biroq ular turnirning birinchi raqamli juftligi – rossiyalik Markos Kalovelonis hamda bolgariyalik Aleksandr Lazov juftligiga 5:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)