Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Saudiya Arabistoni boshliq arab koalitsiyasining Yamanning Damar viloyatidagi to‘y marosimiga bergan aviazarbasi natijasida halok bo‘lganlar soni 51 nafarga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Isyonchi xusiylarning tarafdorlari tomonidan tashkil etilgan to‘y marosimiga berilgan aviazarba natijasida uch kelin va ikki kuyov vafot etgani aytilmoqda. Hozircha koalitsiya kuchlari mazkur holat yuzasidan hech qanday izoh bergani yo‘q.

Sentabr oyi oxirida Moxa port-shahri yaqinidagi Al-Vaxga manzilgohidagi ikki to‘y chodiriga bir necha snaryadning tushishi natijasida 130 dan ortiq odam halok bo‘lgandi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi. Saudiya Arabistoni boshliq koalitsiya mazkur hujumga aloqador ekanligini rad etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...