2015-yilning 19—24-oktabr kunlari Toshkent, Nukus va Urganchda Korean Week Koreya madaniyati haftaligi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Haftalik doirasida bir qator madaniy dasturlar, jumladan, Koreya kinosi festivali, futbol bo‘yicha bolalar va o‘smirlar mahorat darslari, “Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik” mavzusida rasmlar tanlovi va Koreya an’anaviy amaliy san’ati namoyishini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
19-oktabrda, kinofestivalning ochilish marosimida Koreya teatr truppasi an’anaviy “samulnori” tomoshasini namoyish etadi.
Izoh (0)