Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaga Yevropa Ittifoqining to‘liq a’zosi maqomining berilishiga qarshi ekanligini yana ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Men doim Turkiyaning Yevropa Ittifoqidagi to‘liq a’zoligiga qarshi bo‘lganman va shu fikrda qolaman”, — dedi u.
Shu bilan birga kansler Yevropa muhojirlar inqirozini yengib o‘tishi uchun Turkiya bilan muzokaralar olib borishda davom etishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)