Germaniyaning Daimler Trucks kompaniyasi birinchi marta avtopilot rejimidagi robot-yuk mashinasini jamoat yo‘liga chiqardi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mersedes-Benz Actros avtomobili Highway Pilot elektron boshqaruv tizimi bilan ta’minlandi. Yuk mashinasi Shtutgart yaqinida, 14 kilometr masofada sinovdan o‘tkazildi. Mashina tezligi soatiga 80 kilometr bilan cheklandi. Bu shu turdagi mashinalar uchun nemis yo‘llaridagi maksimal tezlikdir.
Highway Pilot tizimi haydovchining vazifasini yengillashtiradi. Haydovchi transport vositasini qo‘lda boshqarishdan avtomatik rejimga o‘tkazishi mumkin. Highway Pilot noqulay ob-havo sharoitida haydovchini qo‘lda boshqarishga o‘tish lozimligi to‘g‘risida ogohlantira oladi.
Izoh (0)