Ford, Jaguar Land Rover va GM Janubiy Koreyadan xavfsizlikka ta’sir ko‘rsatuvchi mexanik qusurlar tufayli 9,8 mingta avtomobilni qaytarib olmoqda. Bu haqda mamlakat davlat hududlari, infrastruktura va transport vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Jumladan, 2012-yil iyul oyidan 2015-yil apreligacha ishlab chiqarilgan 6,4 mingta Ford Escape, Fusion, Mondeo va MKZ avtomobillarida xavfsizlik yostiqchalari va rul boshqaruvida kamchiliklar aniqlangan. 2012-yil avgustidan 2015-yil may oyigacha chiqqan 2,8 mingta Range Rover’da eshikni ochish datchiklarida, 76 ta Discovery 4s’da esa tom tuynugida muammo tug‘ilishi mumkin.
GM 2012-yil dekabridan 2015-yil martiga qadar chiqarilgan 499 ta Cadillac ATS sport sedanlarini qaytarib olyapti. Ularning orqa oynani isitish tizimida mashina alanga ichida qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qusurlar aniqlangan.
Izoh (0)