General Motors kompaniyasi Apple Watch “aqlli soat”lari uchun mo‘ljallangan mobil dasturni sinovdan o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda “3Dnews.ru”.
Avtokonsern mutaxassislari tomonidan tayyorlanayotgan mobil dastur transport vositasining ba’zi elektron funksiyalaridan Apple Watch ekrani orqali foydalanish imkonini beradi.
Kompaniyaning strategiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha vitse-prezidenti Maykl Eyblsonning so‘zlariga ko‘ra, yangi dasturiy ta’minot yordamida haydovchilar Apple Watch orqali avtomobil dvigatelini ishga tushirishi mumkin bo‘ladi.
Mazkur texnologiya General Motors’ning faqat ba’zi modellarida tatbiq etiladi. Kompaniya top-menejeri yangi mobil dastur bilan bog‘liq boshqa tafsilotlarni, xususan, dasturdan qachon foydalanish mumkin bo‘lishi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmadi.
Izoh (0)