Rossiyada ayni vaqtda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 715 ming dona avtomobil mavjud. Bu haqda, “Avtostat” ekspertlari ma’lumotlariga asoslanib, “12news.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston Rossiyadagi avtomobillari soni bo‘yicha Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Ukraina va Fransiyadan so‘ng yettinchi o‘rinda bormoqda.
Rossiya hududida hozirda kamida 41 million yengil avtomobil bo‘lib, ularning yarmi Rossiyaning o‘zida ishlab chiqarilgan.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston avtomobilsozlari 8-oktabr kuni Moskva shahrida Ravon brendi taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)