Amerikalik Kris Sevey bir yil davomida o‘z avtomobilida yashab keldi va u bu ishini to‘xtatmoqchi emas. Bu haqda uning BuzzFeed bilan suhbatiga asoslanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Yigit 2013-yilning may oyida kollejni tamomlagach, yangi ish qidirib AQSh bo‘ylab sayohatga chiqadi. Ammo u boshidanoq omadsizlikka uchradi — uning mashinasini pachoq qilishdi, keyinroq esa qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketishdi, jumladan, ularning orasida rezyume va portfoliosi saqlangan noutbuk ham bor edi.
Kris bo‘lib o‘tgan voqealar, uy ijarasi haqini to‘lash va ish topishning og‘ir sinovlariga qaramay, o‘zini qo‘lga oldi. Ovqatga, benzinga, telefon aloqasiga, mashina sug‘urtasiga va kelajagi uchun pul yig‘ishiga bir oyda qancha ketishini hisob-kitob qildi. Ular orasidan eng ko‘p pul sarflanadigan uy ijarasi to‘lovidan voz kechdi.
Barcha buyumlarini mashinasiga joylashtirdi va u yerda yashash uchun sharoit yaratdi. Sevey o‘zining yangi uyini “Prius mehmonxonasi” deb atadi.
Krisdan aksari hollarda qayerda cho‘milishi haqida ko‘p so‘rashadi. U bu muammoni AQShda oyiga 10—25 dollar evaziga sotib olish mumkin bo‘lgan sport zali abonementi yordamida hal etgan.
Uning avtomobilida, shishirilgan krovat, oshxona buyumlari, narsalari solingan jomadon, yuradigan stol, yig‘iladigan stul, velosiped va boshqa kerakli jihozlar o‘rin olgan.
Izoh (0)