RLDP rahbari Vladimir Jirinovskiy Rossiya imperiyasi davrida unga tegishli bo‘lgan barcha hududlarni yana Rossiyaga qaytarishni to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Bu haqda u “Artek” birinchi xalqaro o‘smirlar mediaforumidagi chiqishida ma’lum qildi.
“Podsho taxtdan noqonuniy ag‘darilgandan so‘ng, Polsha noqonuniy ajralib chiqdi. Xalq komissarlari kengashining qarori bilan Finlyandiyaga mustaqillik berildi. Biroq sovet hukumatining bunday qarorlarni qabul qilish huquqi bo‘lmagan”, — dedi Jirinovskiy.
Siyosatchi rus xalqining bo‘linib ketganligi uchun millionlab rus aholisi begona tilda gaplashib yashashga majbur qilinayotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)