Nepalda 5-oktabr oqshomida yo‘lovchi avtobusi jarga qulab ketdi. Natijada olti kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lum qilishicha, 40 dan ortiq yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus mamlakatning markaziy qismidagi Gulmi tumaniga qarashli Dubichaur qishlog‘i yaqinida o‘n metrdan ortiq balandlikdan jarga qulab tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, halokatga yo‘lning o‘tish qiyin bo‘lgan hududida avtobus haydovchisining tezlikni oshirganligi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)