Joriy yilning 7—8-oktabr kunlari Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligidagi Turkmaniston hukumati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar beradi.
Tashrif doirasida navbatdagi oliy darajali o‘zbek—turkman muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga 2013-yilning noyabrida tashrif buyurgan. 2014-yilning oktabrida esa O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan borgandi.
Izoh (0)