Angliyaning “Sanderlend” jamoasi bosh murabbiyi Dik Advokat iste’foga chiqdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Uning qo‘l ostida “Sanderlend” jamoasi 4-oktabr kuni “Vest Xem”ga (2:2) qarshi to‘p surdi. Mazkur bahsdan keyin gollandiyalik mutaxassis lavozimidan ketishga qaror qildi.
Ayni damda “qora mushuklar” Premyer-Liganing ortda qolgan 8-turidan so‘ng oxirgi o‘rinda turibdi. Klub hisobida atigi uch ochko bor, xolos.
Izoh (0)