Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov 3-oktabr kuni tavallud ayyomini nishonladi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Yarim himoyachi 3-oktabr kuni 33 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari, murabbiylar shtabi va texnik xodimlar yig‘ilib, bayram dasturxoni atrofida Jeparovning tavallud ayyomini nishonladi.
Izoh (0)