Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha inpeksiyalar bazasida tuman va shaharlar hokimiyatlari qoshida tadbirkorlik subyektlariga “yagona oyna” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi yagona markazlar ochiladi. Bu O‘zbekiston prezidentining 28-sentabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Hujjat tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini taqdim etishda sifatni tubdan oshirish va ochiqlikni ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Qarorda “yagona oyna” markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati keltirilgan. Ular orasidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishga ruxsat berish, obyektni rekonstruksiya qilishga ruxsat berish, qurilish-montaj ishlariga ruxsat berish va boshqalar o‘rin olgan.
Izoh (0)