KXDR joriy yilning aprel oyida chegaradan noqonuniy o‘tganlikda ayblanib, hibsga olingan Janubiy koreyalik Chju Von Munni uyiga qo‘yib yuboradi. Bu haqda Koreya Respublikasining birlashish ishlari bo‘yicha vazirligi ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
AQShning Nyu-Jersi shtatida yashovchi Janubiy koreyalik talabaning chegaradan noqonuniy o‘tganlikda ayblanib, hibsga olingani to‘g‘risida 2-may kuni STAK agentligi ma’lum qilgan edi. Chju Von Mun Amnokkan (Yalutszyan) daryosi ustida joylashgan KXDR chegarasini Xitoyning Dandun shahri (Lyaonin provinsiyasi) tomonidan kesib o‘tganida qo‘lga olingan.
Chju Von Mun qonunni buzganini tan oldi va Shimoliy Koreya hukumatidan kechirim so‘radi. Talabaning so‘zlariga qaraganda, u “haqiqiy Shimoliy Koreyani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmoqchi” bo‘lgan.
Izoh (0)