Qirg‘izistonda 4-oktabr kuni parlament saylovlari boshlandi. “Exo Moskvi” xabariga ko‘ra, saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 20:00 ga qadar ochiq bo‘ladi, ovoz berish jarayonini qariyb 70 mamlakatdan kelgan 600 dan ortiq xalqaro kuzatuvchi kuzatib boradi.
Qirg‘iziston va butun Markaziy Osiyo tarixida ilk bor mazkur parlament saylovlari fuqarolarni tanib olishning biometrik texnologiyalari va ovozlarni avtomatik ravishda hisoblab boradigan urnalarni joriy etgan holda o‘tkazilmoqda.
Saylovda 14 partiya qatnashmoqda. Nomzodlar 120 deputatlik o‘rni uchun kurash olib bormoqda. Parlamentdan o‘rin olish uchun partiyalar 7 foizlik marrani hamda 0,7 foizni tashkil etuvchi mintaqaviy ko‘rsatkichni bosib o‘tishlari kerak.
Izoh (0)