Misr poytaxti chekkasida turar-joy binosining vayron bo‘lishi oqibatida to‘qqiz kishi, jumladan, to‘rt nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. “Al-Arabiya” telekanalining xabar berishicha, vayronalar ostida yana bir necha o‘nlab kishilar bor.
Fojia Shobra tumanining qashshoq, asosan nasroniylar istiqomat qiluvchi mavzelaridan birida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga bino egasi ta’mirlash ishlarini belgilangan talablarga zid ravishda olib borgani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)