Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakat barcha muhojirlarni qabul qila olmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Novaya gazeta” xabar bermoqda.
“Boshpana olishga barcha asosi bo‘lganlar uchun sharoit yaratib beramiz, ammo bizga iqtisodiy jihatni ko‘zlab kelayotganlar Germaniyani tark etishga majbur bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan Merkel.
Kansler ma’muriyati migratsiya xizmatlari ishini yengillashtiruvchi loyihani tayyorladi. Unga ko‘ra, mamlakatga Suriyadan kelgan qochoqlarga hech qanday rasmiyatchiliksiz avtomatik ravishda qochoq maqomi va istiqomat uchun uch yilga ijozat beriladi.
Bu loyiha Migratsiya va qochoqlar masalalari bo‘yicha federal muassasa boshqa davlatlardan kelgan muhojirlarning talabnomalarini ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Izoh (0)