O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreya poytaxtida tashkil etiladigan “Koreya Respublikasi — Markaziy Osiyo” forumida qatnashadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“4—6-oktabr kunlari Seul shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasidagi “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” to‘qqizinchi hamkorlik forumining ishida ishtirok etadi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)