17-sentabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Xo‘ja Hasan” mahallasida yashovchi oilada uch egizak farzand dunyoga keldi, deya xabar bermoqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi.
Uch egizakning ikki opasi ham bor. Chaqaloqlarga Hasan, Husan va Egamberdi deb ism qo‘yishdi. Shifokorlar aytishicha, uchinchi chaqaloq ular uchun “syurpriz” bo‘lgan. U ona qornida boshqacha joylashgani tufayli tug‘ruq oldidan o‘tkazilgan ultratovush tekshiruvida uni ko‘rib bo‘lmagan.
Navoiydagi perinatal markazida yaqin orada to‘rt egizak chaqaloq tug‘ilishi ham kutilmoqda.
Izoh (0)