Yaponiya politsiyasi bir necha yil davomida firibgarlik bilan shug‘ullanib kelgan 45 yoshli yapon ayolini qo‘lga oldi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Tomoko Onotani yolg‘on shikoyatlar bilan qo‘ng‘iroq qilib, jami 1200 ta non do‘konini aldagan. Firibgar ayol non va shirinlik do‘konlariga qo‘ng‘iroq qilib, pishiriqda tish kovlagich parchasi yoki pashsha chiqqanligini ma’lum qilgan. Buning uchun esa oz miqdordagi tovon puli talab qilgan. Ozgina pul uchun obro‘sini yo‘qotishni istamagan do‘konlar unga talab qilgan pulni to‘lab kelgan.
Tomoko Onotani Toyenaka shahridagi kichikroq oilaviy qandolatchilik korxonasini aldashga uringanda qo‘lga tushdi. Pishiriqlarining sifatiga to‘liq ishonchi komil bo‘lgan korxona egasi politsiya chaqirdi.
Uning mobil telefonini tekshirib ko‘rgan huquqni muhofaza qilish organlari ishsiz ayolning tovlamachilik bilan shug‘ullanganligini tushunib yetdi. Bir necha yil davomida u yetti mingdan ortiq qo‘ng‘iroq qilgan.
Izoh (0)