“Dunyo go‘zali – 2008” unvoni sohibasi Kseniya Suxinova RF prezidenti Vladimir Putindan yovvoyi hayvonlar bilan noqonuniy savdo qurboni, Mir laqabli yo‘lbars bolasi uchun yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Kseniya o‘zining Facebook’dagi sahifasida Amur yo‘lbarsining bolasi juda kichikligida Ukrainadan Rossiyaga kelib qolganligini va unga vaqtinchalik boshpana topilganligini qayd etdi. Shuningdek, yaqin vaqt ichida, yo‘lbars bolasi ulg‘aygandan so‘ng, unga mos doimiy yashash joyini topish zarurligini ta’kidladi.
“Afsuski, Mirning hech qanday hujjatlari yo‘q, shuning uchun uni hayvonot bog‘i yoki maxsus boshpanalar qabul qilmaydi”, — deb tushuntirdi Suxinova.
“Vladimir Vladimirovich, sizdan Mir laqabli yo‘lbars bolasiga yordam berishingizni so‘ramoqchiman”, — deya murojaat qildi u.
Izoh (0)