Germaniya qurolli kuchlarining Byuxel aviabazasiga joylashtirilayotgan AQSh komponentlari eskirgan qurol-aslaha o‘rniga olib kelinayotgan bo‘lib, u yerga yangi hech narsa joylashtirilayotgani yo‘q. Bu haqda, “RBK” xabariga ko‘ra, Germaniyaning Rossiyadagi elchisi Ryudiger fon Frich ma’lum qildi.
“Bu yerda hech qanday yangi narsa yo‘q, ya’ni u yerda bor narsalar yanada kengaytirilayotgani yo‘q. Bunda gap faqat eskirgan, xizmat muddati yakuniga yetgan qismlarni almashtirish haqida bormoqda, xolos”, — dedi fon Frich.
Elchining mazkur bayonoti Germaniya hududiga AQShning yangi atom bombalari joylashtirilayotgani haqida paydo bo‘lgan xabarlarga nemis rasmiylari tomonidan bildirilgan dastlabki munosabat bo‘ldi. Avvalroq AQSh tomoni Yevropa yadroviy bombalarning joylashtirilayotgani haqidagi axborotni “noaniq” deb atagan edi.
AQSh Energetika vazirligi huzuridagi Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy boshqarma matbuot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Shelli Laverning ma’lum qilishicha, B61-12 atom bombalarini ishlab chiqarish ishlari 2020-yildan avval boshlanmaydi, 2015-yilda ularni Germaniya yetkazib berish rejalashtirilmayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda faqat bomba tashuvchi samolyotlar modernizatsiya qilinyapti, xolos.
Izoh (0)