AQSh bo‘ylab safar qilayotgan Rim papasi Fransisk cho‘loqlanishni boshladi va ko‘rinishidan charchaganga o‘xshaydi. Bu haqda 26-sentabr, shanba kuni AQShning USA Today nashri xabar berdi.
Vatikan matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dekabr oyida 79 yoshga to‘ladigan pontifik biroz charchagan bo‘lsa-da, kayfiyati ko‘tarinkiligicha qolmoqda.
Fransisk 26-sentabr kuni Nyu-York aeroportida samolyot trapidan ko‘tarilayotib, qoqilib ketdi. Vatikan vakili Tomas Rosikaning ma’lum qilishicha, pontifik o‘z libosi etagini bosib olgani sabab yiqilayozgan.
Rosikaning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda Fransiskning kasalliklar masalasida jiddiy muammosi yo‘q, papa sayohatdan zavq olmoqda va “uning yuziga qarab, bunga ishonch hosil qilish mumkin”.
Rim papasi 22-sentabrdan 27-sentabrga qadar AQSh bo‘ylab sayohat qiladi. Bungacha u tashrif bilan Kubada bo‘lgandi.
Izoh (0)