Kecha, 25-sentabr kuni O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million 30 ming dollarni tashkil qiluvchi turnirning juftliklar bahsida yarim finalga chiqdi, deb xabar beradi “Std.uz”.
Belaruslik Aleksandr Buriy bilan juftlik hosil qilgan Istomin chorak finalda avstriyalik Filipp Osvald hamda kanadalik Adil Shamasdin juftligiga qarshi 3 set davom etgan o‘yinda g‘alaba qozondi.
Dastlabki ikkita setda tomonlar bir xil — 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Katta tay-brek shaklida o‘tkazilgan uchinchi set o‘zbek/belarus juftligi foydasiga hal bo‘ldi — 13:11.
Eslatib o‘tamiz, Istomin 25-sentabr kuni St.Petersburg Open turnirining yakkalik bahsida Dominik Timga imkoniyatni boy bergan edi.
Izoh (0)