2015-yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning amaliy masalalari, jumladan turli darajadagi bo‘lajak O‘zbekiston—Xitoy uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Sun Litsze 10-sentabr kuni ham O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurgan edi.
Izoh (0)