Kuba rahbari Raul Kastro BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun ilk bor Nyu-Yorkka keldi. Bu haqda Marti Noticias tarqatgan xabarga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar qiladi.
Oxirgi marta orol rahbarining AQShga rasmiy tashrifi 2000-yilda amalga oshirilgan edi. O‘shanda amaldagi prezidentning akasi Fidel Kastro BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka kelgan edi. AQSh bilan ziddiyatli munosabatlar tufayli Assambleyada shu paytgacha Kuba Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etib kelayotgandi.
Raul uchun bu ikkinchi bor Qo‘shma Shtatlarga tashrifdir. Birinchi marta u akasi bilan 1959-yilda Texasga kelgan edi.
Izoh (0)