O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan nufuzli xalqaro turnirda ham yakkalikda, ham juftlikda chorak finalda kortga chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mukofot jamg‘armasi 1 million 30 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi turnirning juftliklar bahsida belaruslik Aleksandr Buriy bilan juftlik hosil qilgan Istomin avstriyalik Filipp Osvald hamda kanadalik Adil Shamasdin duetiga qarshi bahs olib boradi. Istomin va Buriy juftligi birinchi davrada Xayder-Maurer hamda Zelenay duetidan ustun kelgan edi.
Yakkalik bahslarida esa Istomin avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadi. Chorak final yo‘lida Denis germaniyalik Benjamin Bekkerni mag‘lub etdi.
Yakkalik bahslarida bosh sovringa ega bo‘lgan sportchi 187 350 dollar hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Ikkala bahs ham bugun, 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)