Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Zangiota ziyoratgohi katta rekonstruksiya ishlaridan so‘ng ajoyib majmuaga aylandi. Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ziyoratgohdan fotoreportaj tayyorladi.
Blogerning qayd etishicha, bunyodkorlik ishlari nafaqat ziyoratgohning o‘zida, balki uning yon-atrofida ham bir xilda davom ettirilmoqda. Ya’ni ziyoratgoh bahonasida o‘sha hududdagi infrastruktura yangilanmoqda.
“Sergeli tumanidagi ‘O‘zgarish’ mavzesidan Yangiyo‘l tumaniga boradigan katta avtomobil yo‘li qayta ta’mirlandi, yo‘l kengaytirildi, ko‘cha o‘rtasiga zamonaviy yoritgichlar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, Zangiota ziyoratgohi atrofida mehmonxona, dehqon bozori, supermarket, nonvoyxona, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurildi va yana bir qancha shunga o‘xshash obyektlar qurilishi davom etmoqda”, — deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Quyida ziyoratgoh aks etgan fotosuratlar bilan tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)