Koreyaning RFdagi elchisi Pak Ro Byok Shimoliy Koreyaning raketa uchirish ehtimoli yuzasidan Davlat dumasini xavotir bildirishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Bizda KXDR tomonidan tahdid bilan bog‘liq muammo mavjud. Shimoliy Koreya sun’iy yo‘ldosh niqobi ostida raketa uchirishni rejalashtirmoqda. Shu sababdan KXDR raketa uchirgan taqdirda, biz Davlat dumasidan Rossiya parlamenti nomidan Shimoliy Koreyaning ushbu harakati yuzasidan xavotir bildirishini so‘ramoqchimiz”, — dedi elchi Isayev bilan uchrashuvda.
Bunga javoban Davlat dumasi vitse-spikeri Andrey Isayev RF doim yadroviy qurolning tarqatilishiga qarshi chiqishini, biroq Rossiya parlamenti KXDRning harakatlariga muddatidan oldin izoh bermasligini ma’lum qildi.
Izoh (0)