Braziliya terma jamoasi va “Zenit” hujumchisi Xalk xayriya tadbiri doirasida leykoz xastaligiga chalingan bola uchun Nevskiy prospektida qo‘shiq kuyladi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
Ushbu loyiha doirasida xasta bolalarga yordam berish va ularni davolash uchun sarflanadigan mablag‘ni to‘plash uchun “Zenit” o‘yinchilari, murabbiylari va mashhur muxlislari kutilmagan harakatlarni amalga oshirishga rozi bo‘ldi.
Xayriya mablag‘larini to‘plash qon saratoniga uchragan Artyom Dvurechenskix uchun amalga oshirilmoqda.
Xalk ertalabki mashg‘ulotlardan so‘ng, shahar markaziga borib, bolaga o‘zining futbolkasini sovg‘a qildi. Kichikroq konsert uchun u vatanida mashhur bo‘lgan Mishel Teloning Ai Se Eu Te Pego qo‘shig‘ini tanladi. Uning atrofida bir necha daqiqa ichida o‘nlab tomoshabin to‘plandi.
Izoh (0)