Rossiyaning Vnukovo aeroportida Fransiyaning Total neft kompaniyasiga qarashli Falcon samolyoti halokatga uchraganligi ishi bo‘yicha ayblanayotgan qor tozalash mashinasi haydovchisi Vladimir Martinenko qamoqdan ozod etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Tergov Martinenkoga nisbatan qamoq muddatini uzaytirish bo‘yicha talabnoma bilan chiqmadi, avvalgisining muddati esa tugagan edi”, — deya ma’lum qildi ayblanuvchining advokati Aleksandr Karabanov.
Rossiya Bosh prokuraturasi samolyot qulashi bo‘yicha ayblov aktini tasdiqlamadi, bu esa ishga aloqador bo‘lgan ba’zi ayblanuvchilarning ozod etilishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 21-oktabrda Vnukovo aeroportida Total neft kompaniyasi rahbarining samolyoti bilan qor tozalash mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida havo kemasi yerga qulagan va uning bortidagi to‘rt kishi, jumladan, Kristof de Marjeri ham halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)