Pxenyan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish niyatida ekanligini tasdiqladi, deb xabar beradi “TASS”. STAK axborot agentligi tarqatgan xabarlarda kosmik fazoni tadqiq etish “KXDRning suveren huquqi hisoblanishi” ta’kidlandi.
“Dushman kuchlarining kosmik fazoni tadqiq etish yuzasidan milliy dasturni amalga oshirishni buzish uchun qat’iy urinishlariga nisbatan KXDR keskin choralar bilan javob beradi”, — deb ta’kidlaydi agentlik.Eslatib o‘tamiz, KXDR yer yuzasini kuzatish uchun mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqishni deyarli yakunlaganligi va uni koinotga uchirmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)